Angliyalik futbolchilar Yevro-2020 paytida 12 500 ta irqchilik bilan bog‘liq tahdid va tajovuzlarga duchor bo‘lishgan 

  • 15:35 / 15.07.2021
  • 281

Angliya terma jamoasi futbolchilari manzillariga Yevro-2020 paytida, ijtimoiy tarmoqlar orqali 12 500 ta irqchilik bilan bog‘liq haqoratli xabarlar kelib tushgan. Bu haqda Daily Mail xabar bermnoqda

Twitter hamda Instagram’da joylashtirilgan xabarlarda futbolchilarning irqi va millati, dini, jinsiy orientatsiyasi, shuningdek, futbolchilar va ularning oila a'zolariga qarshi tahdidlar va haqoratli izohlar aks etgan.

“Crisp” analitik kompaniyasining ma’lumotlariga ko‘ra, xabarlar 10 mingta akkauntdan yozilgan. O‘z navbatida, bu chempionat paytida ingliz futbolchilariga xabar yuborgan foydalanuvchilarning 3 foiziga tengdir.

Eslatib  o‘tamiz, avvalroq Buyuk Britaniya Bosh vaziri Boris Jonson ingliz futbolchilarini irqiy haqorat qilgan kimsalarni qoralagan edi.