Angrendagi PPX xodimi bilan sodir bo‘lgan vaziyat IIV vazirining shaxsan nazoratiga olindi

  • 14:44 / 30.06.2021
  • 157

Angrenda PPX xodimi xizmat qurolida o‘z joniga qasd qilgani haqida xabar berilgan edi.

Bobomirzayevning o‘z joniga qasd qilishi sabablari IIV va prokuratura organlarining maxsus tashkil etilgan guruhi tomonidan o‘rganilmoqda. Holat IIV vazirining shaxsan nazoratiga olingan.

–  Shunday amaliyot borki, ichki ishlar organlari tizimlarida xizmat qilayotgan xodimlarni xizmat jarayonida qonunchilik va xizmat intizomiga rioya etishlari ustidan nazorat olib boriladi. Xuddi shunday o‘rganishlar 27-iyun kuni Angren shahrida ham o‘tkazildi. Aniqlanishicha, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va qo‘pol qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘ygnaligi yuzasidan tanqidiy muhokama bo‘lib o‘tgan. Mazkur  suhbatda safdor Bobomirzayevning bir o‘zi bo‘lmagan, balki rahbarlari bilan bo‘lgan. Jarayonda marhum o‘zi yo‘l qo‘ygan kamchiliklarni tan olgan. Ichki ishlar organlarining xizmat xonalaridagi kuzatuv kameralari o‘rganilganda marhumga nisbatan biror holatda bosim o‘tkazilmagan, – deydi Toshkent viloyati IIBB Matbuot xizmati boshlig‘i Bobur To‘laganov.

Ma’lum qilinishicha, safdor Bobomirzayev suhbatdan 2 soat vaqt o‘tganidan so‘ng, ya’ni O‘z xizmati xodimlari u  bilan suhbat o‘tkazib, o‘zlarining xizmat joylariga ketganidan so‘ng, o‘z joniga qasd qilgan.

Hozirda holat yuzasidan tergov surishtiruv ishlari olib borilmoqda.