Anri Belgiya milliy jamoasining murabbiylar shtabiga kiritildi

  • 22:31 / 30.05.2021
  • 147

“Arsenal” klubi va Fransiya milliy jamoasining sobiq hujumchisi Tyerri Anri Belgiya termasining murabbiylar shtabiga qaytdi. 

43 yoshli mutaxassis jamoa bilan Yevro-2020 bahslarida ishlaydi. 

Ma’lumot uchun, Anri 2016-yildan 2018-yilgacha Belgiya milliy jamoasida bosh murabbiy Roberto Martinesga yordam bergandi. 
Bundan tashqari, Anri “Monako” va “Monreal Impakt” klublarini ham boshqargan.