APL klublari “Nyukasl”ning arablarga o‘tganidan xavotirda (+video)

  • 17:15 / 09.10.2021
  • 125

Angliya Premyer-ligasining 19ta klubi “Nyukasl”ning Saudiya Arabistoni shahzodasi Muhammad bin Salmonga tegishli fond tomonidan sotib olinishidan norozi ekanini bildirmoqda. Bu haqida "The Guardian" nashri xabar bermoqda.
Nashrga ko‘ra, klublar bu borada Angliya Futbol Assotsiatsiyasiga murojaat bilan chiqib, bunga qarshi chora ko‘rilishini talab qilishgan.
APL klublari “Nyukasl” aksiyalarining 80 foizi Saudiya Arabistoni davlat investisiya fondi tomonidan sotib olingach, transfer narxlari va ish haqining oshib ketishidan xavotirda. O‘z navbatida, klubning yangi direktori ham “Nyukasl” tez orada tarkibni kuchaytirishini va unga katta sarmoya ajratilishini ma’lum qilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda “Nyukasl” aksiyalari arablar tomonidan sotib olingani haqidagi xabarni klub muxlislari katta xursandchilik bilan qarshi olishgani aks etgan videolar tarqaldi. Ular o‘z jamoalari yangi homiy qo‘l ostida yuqori natijalarga erishishiga umid qilishmoqda.