App Store’da Instagram’ning raqobatchisi paydo bo‘ldi

  • 09:24 / 28.05.2021
  • 121

Internetda yangi Poparazzi ijtimoiy tarmogʻi ommabop bo‘lib bormoqda.

U App Store reytingida yuklab olishlar soni bo‘yicha birinchi o‘rinni egalladi.

Yangi ijtimoiy tarmoqning asosiy xususiyatlaridan biri foydalanuvchining profilini uning do‘stlari boshqaradi. Faqat akkaunt egasiga obunachi bo‘lgan foydalanuvchilar profilga post qo‘yishlari mumkin.

Ilova Instagram prinsipi asosida ishlaydi, ammo selfi va tahrirlangan fotosuratlar dasturda qabul qilinmaydi. Poparazzi ko‘proq “live” formati uchun.

Shuningdek, fotosuratlarga izoh berish mumkin emas va obunachilar soni boshqa foydalanuvchilar uchun ko‘rinmaydi.