Apple foydalanuvchilari uchun qulaylik yaratadi

  • 16:46 / 06.06.2021
  • 145

Kompaniya kelasi hafta taqdim etadigan Apple mahsulotlari uchun qanday o‘zgarishlar bo‘lishini oshkor qildi. Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, kompaniya dasturlarda foydalanuvchining qanday shaxsiy ma‘lumotlari borligini kuzatsa bo‘ladigan funksiyani qo‘shadi. Shu yo‘l bilan foydalanuvchi ma’lumotlarini to‘playdigan eng “xavfli” dasturlar bilan kurashmoqchi.

Shuningdek, iPhone va iPad foydalanuvchilari endi o‘zlarini nima bilan band ekanligini bildiradigan rejimni belgilashlari mumkin. Masalan, foydalanuvchi avtomobil boshqaruv paytida o‘sha rejimni yoqib qo‘yadi, boshqa foydalanuvchi esa uni ko‘rib bezovta qilmaydi.