Aprel oyida nooziq-ovqat mahsulotlarning asosiy guruhlari orasida dori-darmon narxlarining sezilarli o‘sishi kuzatilgan

  • 12:50 / 01.05.2020
  • 389

Davlat statistika qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha nooziq-ovqat mahsulotlari narxlarining o‘rtacha oylik o‘sish sur’ati haqidagi ma’lumotni e’lon qildi.

Unga ko‘ra, 2020-yilning aprelida nooziqovqat mahsulotlar narxlari o‘rtacha 0,7 foizga oshgan. 2019-yilning dekabr oyiga nisbatan mazkur guruh narxlarining o‘sish sur’ati 2,4 foiz , 2019-yilning apreliga nisbatan 9,5 foizni tashkil etdi.

Taqqoslash uchun: 2019-yilning aprel oyi davomida nooziqovqat mahsulotlari narxlari 1,1 foizga, 2018-yilning dekabriga nisbatan 3,9 foizga ko‘tarilib, 2018-yilning apreliga nisbatan 11,1 foizni tashkil etgan.

2020-yilning aprel oyida nooziq-ovqat mahsulotlarning asosiy guruhlari orasida dori-darmon (3,9 foiz ), shuningdek, yuvish va tozalash vositalari (2,1 foiz ) narxlarining sezilarli o‘sishi qayd etildi.

Ma’lumot uchun: 2019-yilning aprel oyida nooziq-ovqat mahsulotlarning asosiy guruhlaridan tamaki mahsulotlari narxlari boshqalarga nisbatan yuqori darajada qimmatlashgan (5,0 foiz ). 

2019-yilning dekabriga nisbatan bosma nashr mahsulotlari narxlar oshishi bo‘yicha yetakchi o‘rinni egallashda davom etdi (12,0 foiz ). Keyingi o‘rinlarni shaxsiy transport (7,2 foiz ), dori-darmonlar (5,6 foiz) va tamaki mahsulotlari (4,5 foiz ) narxlari band etgan. Yillik davrda esa boshqa mahsulotlarga nisbatan avtomobillar uchun yoqilg‘i (20,8 foiz ), zargarlik buyumlari (17,7 foiz ), shuningdek, kitoblar, gazetalar va jurnallar (16,3 foiz ) narxlari boshqalarga nisbatan yuqoriroq darajada qimmatlashdi.

Manba