AQSh Belorussiyaga qarshi sanksiyalarni uzaytirdi

  • 12:34 / 09.06.2021
  • 71

AQSh prezidenti Jo Bayden 8-iyun kuni Belarus hukumatiga qarshi sanksiyalarni bir yilga uzaytirish haqidagi farmonni imzoladi. Bu haqda Oq uy matbuot xizmati xabar qildi.

Vashingtonda ta’kidlanganidek, respublikaning amaldagi hokimiyatining siyosati mamlakatdagi demokratik jarayonlar va institutlarga putur yetkazmoqda.

“Belorussiya hukumati va boshqa ayrim vakillarining harakatlari va siyosati AQShning milliy xavfsizligi va tashqi siyosatiga favqulodda tahdid solishda davom etmoqda va Belorussiyadagi demokratik jarayonlar va institutlarga putur yetkazmoqda”, – deyiladi qarorda.