AQSh dollari va rublning rasmiy kursi arzonladi

  • 11:40 / 15.06.2020
  • 357

Foto: xabardor.uz

Markaziy bank xorijiy valyutalarning 6-iyundan amal qiladigan xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangilangan kursini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 1,29 so‘mga arzonlab, 10 151,90 so‘mni tashkil qildi.

Yevro kursi 31,91 so‘mga arzonlab, 11 424,95 so‘mga teng bo‘ldi.

Rubl ham 2,56 so‘mga arzonladi va 145,39 so‘mni tashkil etdi.  

O‘tgan haftada dollarning rasmiy kursi 4,88 so‘mga oshib, 10 153,19 so‘mni tashkil qilgani haqida xabar bergandik.  

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan haftada AQSh dollarining rasmiy kursi ketma-ket uch hafta ham ko‘tarilgandi.