AQSh Eronga qarshi sanksiyalarni bekor qilishga tayyor

  • 08:00 / 11.04.2021
  • 57

Vashington Eronga qarshi sanksiyalarning bir qismini bekor qilishga tayyor. Bu haqida AQSh Davlat departamenti ma’lum qildi. 

"Umumiy keng qamrovli harakat rejasiga zid bo‘lgan barcha sanksiyalarni bekor qilishga tayyormiz, – deyiladi rasmiy bayonotda. – Qo‘shma Shtatlar tomonidan e’lon qilingan ayrim esa sanksiyalar asosli bo‘lib, ularni bekor qilish haqida gap ham bo‘lishi mumkin emas". 

Ayni vaqtda Avstriya poytaxtida Eronning yadroviy dasturi bo‘yicha umumiy keng qamrovli harakatlar rejasi istiqboli muhokama qilinmoqda. AQSh va Eron esa bevosita muzokara o‘tkazishdan bosh tortgan.