AQSh hukumati “Al-Qoida” terroristik guruhi rahbari haqidagi ma’lumotlar uchun 7 million dollar taklif qilmoqda

  • 15:22 / 03.06.2021
  • 200

Davlat departamenti "Al-Qoida" terroristik guruhining yetakchisi Islom Abu Ubayda Yusuf al-Anabining joylashgan joyiga oid ma’lumotlar berganlarga yoki uni yo‘q qilganlarga 7 million dollargacha mukofot taklif qilmoqda. Bu haqda chorshanba kuni Davlat departamentining yig‘ilishida xabar qilindi.

2020-yil iyul oyida Fransiya maxsus xizmati Abdulmalek Drukdelni yo‘q qilgandan keyin 2020-yil noyabrida guruh al-Anabiyni yangi yetakchi, deb e’lon qilgan edi.

Ma’lumot berilishicha, al-Anabiy 2015-yildan buyon AQSh sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lib, 2016-yilda BMT ham unga nisbatan cheklovlar qo‘ygan. Davlat departamentining aniqlik kiritishicha, “Al-Qoida” guruhi ko‘plab terroristik hujumlarni sodir etgan, shu jumladan, amerikaliklarni o‘g‘irlagan va o‘ldirgan.