AQSh Orolbo‘yi hududi aholisi uchun gumanitar yordamning birinchi partiyasini jo‘natdi

  • 14:15 / 04.05.2021
  • 69

Joriy yilning 30-aprel kuni AQShning Sietl shahrida Qoraqalpog‘iston aholisi uchun mo‘ljallangan 4 ta konteynerdan iborat insonparvarlik yuklarini yuborish marosimi bo‘lib o‘tdi. 

Unda O‘zbekistonning AQShdagi elchisi Javlon Vahabov ishtirok etdi. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Sog‘liqni saqlash vazirligining so‘roviga binoan Sietldan jo‘natilgan yuklarning umumiy hajmi qariyb 6 tonnani tashkil etadi. 

Yuklarni 5-may kuni Sietldan Toshkentga va shu kunning o‘zida Nukus shahriga yetkazish rejalashtirilgan. 

Ma’lumot uchun, gumanitar yuklarning keyingi partiyalari yoz oxirigacha yetkazib beriladi.