AQSh Rossiyaning suveren qarzlariga qarshi sanksiyalar eʼlon qilmoqchi

  • 12:29 / 15.04.2021
  • 90

Amerikaning yangi sanksiyalari Rossiyaning suveren qarzlariga qarshi yoʻnaltirilgan boʻladi.

Cheklovlar haqida bugun rasman eʼlon qilinishi kutilmoqda. Maʼlum boʻlishicha, AQSh prezidenti Jo Bayden farmonga imzo chekkanidan keyin Amerika banklarining Rossiya qarzlari bilan ishlashiga doir cheklovlar kengaytiriladi.

Bundan tashqari, Amerikaning moliya institutlari tomonidan qarzdorlikka oid qimmatbaho qogʻozlarni toʻgʻridan-toʻgʻri Rossiya Federatsiyasi Markaziy banki va Iqtisodiyot vazirligi hamda uning suveren fondidan sotib olishga doir taqiq joriy etiladi.