AQShda to‘fon sabab 1 million kishi elektrsiz qoldi

  • 12:35 / 30.08.2021
  • 209

Interfax nashri bergan xabarga ko‘ra, AQShning Luiziana shtatida "Ida" to‘foni oqibatida 1 002 184 kishi elektr energiyasisiz qolgan. Bundan tashqari, to‘fon qo‘shni Missisipi shtatida 43 016 nafar shaxs elektr tokisiz qolishiga sabab bo‘lgan.

Qayd etilishicha, "Ida" to‘foni mavjud 5 ta xavf kategoriyasidan to‘rtinchi xavf darajasiga ega. Luiziananing Yangi Orlean shahri suv toshqini yuz bergan. Mamlakat prezidenti Jo Bayden Luiziana shtatida favqulodda holat e'lon qilgan. 

Ma'lumotlarga qaraganda, "Ida" to‘foni Luiziana qirg‘oqlariga yaqinlashganda uning tezligi soatida 240 kilometrni tashkil etgan. Kuchli shamol Missisipi daryosi oqimi o‘zgarishiga olib kelgan. 

Aniqlanishicha, tabiiy ofat oqibatida bir kishi halok bo‘lgan.