AQShning Nyu-Jersi shtatida emlangan fuqarolarga pivo va’da qilindi

  • 15:11 / 04.05.2021
  • 51

Nyu-Jersi gubernatori Fil Merfi may oyida koronavirusga qarshi emlangan katta yoshdagi fuqarolarga bir stakanda pivo va’da qildi.

“Biz 21 yoshdan oshgan Nyu-Jersi aholisining emlanishini rag‘batlantirish uchun “Vaksina va pivo” aksiyasini ishga tushirmoqdamiz. May oyida emlashning birinchi dozasini olgan fuqaro pivo zavodiga emlanganligi to‘g‘risidagi sertifikatni olib borib, bepul pivo olishi mumkin, – deb yozgan gubernator Twitter'dagi sahifasida.

Biroq ko‘p sonli Twitter foydalanuvchilari rasmiyning ushbu qarorini ma’qullamadi. Ba’zilar gubernatorni pivo zavodlarini reklamasi bilan shug‘ullanmoqda, deb keskin fikrlar bildirishgan.

CDC regulyatori ma’lumotiga ko‘ra, AQShda 105 milliondan ortiq odam COVID-19ga qarshi to‘liq emlangan, bu mamlakat aholisining 31 foizidan ko‘prog‘ini tashkil qiladi. AQShning 147 milliondan ortiq aholisi esa bir martalik dozani qabul qilgan.