Bosh vazir va Toshkent shahar hokimi savdo markazlarida karantin talablariga rioya etilishini o‘rgandi

  • 14:12 / 19.04.2021
  • 325

Toshkent shahar hokimligi

O‘zbekistonga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika Maxsus komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash maqsadida,  Bosh vazir Abdulla Aripov va Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev hamda mutasaddilardan iborat ishchi guruh hududlardagi holatni o‘rgandi. 

Bosh vazir va Toshkent shahar hokimi savdo maskanlariga tashrif buyurib, sotuvchilar, xaridorlar, ma’muriy xodimlar tomonidan karantin qoidalariga rioya qilinishini nazorat qilish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdi.

Xususan, ishchi guruh a’zolari shahrimizdagi bozorlar, supermarketlar, savdo-ko‘ngilochar markazlari va boshqa savdo maskanlariga tashrif buyurib, sotuvchilar, xaridorlar, ma’muriy xodimlar tomonidan karantin qoidalariga rioya qilinishi, ma’muriyat va epidemiologik osoyishtalik xizmatlarining karantin talablariga rioya qilinishini nazorat qilish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdi.