Prokuratura

  • 04/05. 12:52
  • 44
2 nafar yuk poyezdi mashinisti $1 mln.dan ortiq pulni Qozog‘istonga olib chiqib ketayotganda qo‘lga tushdi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatiga qarashli “O‘zbekiston” lokomotiv deposining 2 nafar mashinisti “Chuqursoy-Sarag‘och” yo‘nalishida o‘zlari boshqarib ketayotgan yuk poyezdi elektrovozining xufiyona joylarida katta miqdordagi pul mablag‘larini yashirgan holda Qozog‘istonga olib o‘tmoqchi bo‘lganlarida DXX xodimlari tomonidan qo‘lga olindi. 

  • 01/05. 11:19
  • 55
10 gektar yerni qariyb $2 millionga sotmoqchi bo‘lgan 6 nafar shaxs qo‘lga olindi

Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida ikki nafar fuqaroga 10 gektar yerni 2 million AQSh dollariga evaziga hokimlik orqali rasmiylashtirib sotishni "niyat" qilgan fuqaro va uning sheriklari aytilgan pulning 50 ming AQSh dollarini olayotgan vaqtida qo‘lga olindi.

  • 26/04. 09:07
  • 57
Jizzaxda 10 nafar soxta diplomli o‘qituvchi aniqlangan

Jizzaxda soxta oliy ma’lumotli diplomga ega 10 nafar maktab o‘qituvchisi aniqlangan, deb xabar berdi viloyat prokuraturasi matbuot xizmati.

  • 23/04. 14:02
  • 111
“14 ta kvartira, 43 ta mashina, 172 ta do‘kon” – sobiq viloyat hokimining jinoyatlari haqida ma’lum qilindi 

Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev Oliy Majlis Senatining 14-yalpi majlisida o‘zlashtirish, vakolatini suiiste’mol qilish va mansab soxtakorligida ayblangan Jizzax viloyati hokimining sobiq o‘rinbosari Akram Rahmonqulov va boshqa kompaniyalar rahbarlarining jinoyat ishi yuzasidan hisobot berdi.

  • 21/04. 10:11
  • 61
Qashqadaryoda homilador xotini va uning 3 qarindoshini o‘ldirgan shaxsga nisbatan sud hukmi o‘qildi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Qashqadaryo viloyati sudida 2020-yil 9-dekabr kuni viloyatning Yakkabog‘ tumanida xotini va uning 3 qarindoshini o‘ldirgan shaxsga nisbatan sud hukmi o‘qildi. 

  • 20/04. 18:46
  • 84
Rossiyaga jo‘natish uchun soxta hujjatlar tayyorlagan firibgar ushlandi

Andijonda Rossiyaga soxta hujjatlar bilan yubormoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi.

  • 20/04. 15:11
  • 121
16 yoshli farg‘onalik yigit qahramonlik ko‘rsatdi. U 9 yoshli qizchani o‘limdan saqlab qolgan

Ma’lum qilinishicha, yigit bir ayol qizchaning boshiga urib, kanalga tashlab yuborganini ko‘rib qolgan va qizchani qutqarib qolgan. 

  • 20/04. 10:04
  • 75
Toshkent viloyatida soxta prokuror qo‘lga tushdi. U qator jinoyatlari uchun qidiruvda bo‘lgan

Soxta prokuror tovlamachilik yo‘li bilan 75 ming AQSh dollarini qo‘lga kiritgan vaqtda qo‘lga olindi.

  • 17/04. 17:11
  • 105
Navoiyda lizingga avtomobil olib berishni va’da qilib 14 kishini aldab yurgan fuqaro qo‘lga olindi 

Navoiy shahrida lizing shartnomasi asosida avtomashinalarni olib berishni va’da qilgan MChJ rahbarlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

  • 14/04. 17:22
  • 95
Xorijga chiqish uchun soxta hujjatlar tayyorlab bermoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi

Andijonda 3 kishiga Rossiya davlatiga kirish uchun asos bo‘ladigan tibbiy hujjatlarni tayyolab berishni va’da qilib ulardan pul olgan fuqaro qo‘lga olindi.

  • 12/04. 12:28
  • 94
Maktabga ketib qaytib kelmagan qizning jasadi “Katta Namangan” kanalidan topildi. U jinoyat qurboni bo‘lgan

2021-yil 5-aprel kuni soat 19:00da Namangan shahar, Bodomzor ko‘chasida yashovchi S.M.  tuman prokurori nomiga ariza bilan murojaat qilib, unda Chortoq tumani, Olmazor ko‘chasi, 88-uyda onasi M.N. qaramog‘ida bo‘lgan voyaga yetmagan farzandi M.A. shu kuni ertalab Chortoq tuman XTBga qarashli 47-sonli umumta’lim maktabiga ketib, qaytib kelmasdan bedarak yo‘qolganligini ma’lum qilgan.

  • 09/04. 09:22
  • 69
“Bankir”lar 700 ga yaqin fuqaro nomiga olingan imtiyozli kreditlarni o‘zlashtirib yuborgan – Bosh prokuratura

O‘z biznesini yo‘lga qo‘yish maqsadida banklarga murojaat qilgan 669 nafar fuqaroning arizasidan foydalanib, ularning xabardorligisiz bank mansabdor shaxslari tomonidan jami 29,6 mlrd so‘mlik imtiyozli kreditlarni noqonuniy ajratilib, talon-toroj qilinganligi aniqlangan. 

  • 08/04. 15:12
  • 83
Andijon shahar XTB boshlig‘i pora bilan qo‘lga tushdi

Surishtiruv davomida, firibgar fuqarolardan olgan pulning bir qismini Andijon shahar Xalq ta’limi bo‘limi boshlig‘iga berishini ma’lum qilgan. Uning ko‘rsatmalariga asosan, tadbir davom ettirilgan.

  • 07/04. 09:00
  • 66
Toshkent viloyatida aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash uchun ajratilgan 500 mln so‘mga yaqin mablag‘ “yeb yuborilgan”

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bekobod tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvlarda Toshkent viloyatining 6ta tuman (shahar) aholisini ichimlik suvi bilan ta’minlash uchun ajratilgan mablag‘larning talon-toroj qilinan aniqlandi.

  • 05/04. 10:20
  • 62
Prokuraturaga ishga joylab qo‘yish evaziga $30 ming talab qilgan mansabdor qo‘lga olindi

Bosh prokuratura ichki xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi hamda Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qashqadaryo viloyati boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda prokuratura tizimiga ishga joylab qo‘yish evaziga $30 ming talab qilgan mansabdor qo‘lga olindi.