Astronomlar Galaktika markazida miltillovchi gigant borligini aniqlashdi

  • 09:19 / 11.06.2021
  • 157

Astronomlar Somon yoʻlining markaziy qismida yorqinlik darajasi asta-sekinlik bilan pasayib, yana keskin koʻtariluvchi yulduz mavjud ekanligini aniqlashdi. Olimlar uning yangi turdagi ikki tomonlamali yulduzlar tizimi ekanligini aytishmoqda. Soha mutaxassislari ulkan obyektga “miltillovchi gigant” deb nom berishgan.

Astronomlar galaktika markazidagi, Yerdan 25 ming yorugʻlik yili uzoqligida joylashgan VVV-WIT-08 yulduzining yorqinligi kamayganida uni yoʻq boʻlib ketdi deb oʻylaganlar. VVV-WIT-08 yulduzining oʻziga xos jihati shundaki, u bir necha oy davomida asta-sekinlik bilan xiralashgan, keyin esa keskin tarzda yorqinlashib ketgan.

Tadqiqotchilar uning Quyoshdan yuz marta kattaroq ekanligini aytishmoqda. Ulkan yulduz har oʻn yilda bir marta koʻrinmas orbital yoʻldosh — nisbatan kichikroq yulduz bilan bir nuqtada kesishadi.