Avstraliyada karantinga qarshi namoyishlar o‘tkazildi

  • 16:09 / 22.09.2021
  • 102

Avstraliyaning Sidney va Melburn shahrida aholi karantin cheklovlariga qarshi namoyishlarda ishtirok etdi. Bu haqda Brisbane Times nashri xabar bermoqda. 

Namoyishchilar polisiya xodimlari tomon shisha idishlar va toshlar uloqtirgan. Politsiya esa ko‘zdan yosh oqizuvchi gazdan foydalangan. 

Xabar qilinishicha, namoyishlar vaqtida 200 dan ortiq kishi qo‘lga olingan, 10 ga yaqin politsiya xodimlari jarohatlangan.

Avstraliyada hukumatning karantin qoidalarini uzaytirilgani sababli unga qarshi namoyishlar o‘tkazilmoqda. Xususan, Melburnda pandemiya boshlanganidan buyon oltinchi marta karantin qoidalari kuchga kirdi. 

Ma’lumot uchun, "kengurular" yurtida koronavirusning delta shtammi tarqalishi avj olgani sababli iyun o‘rtalaridan buyon keskin karantin cheklovlari amal qilmoqda.