“Avto oltmish oy” mas’ullariga nisbatan sud hukmi o‘qildi

  • 18:30 / 29.03.2021
  • 128

2021-yil 29-mart kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudida “Avto oltmish oy” MChJ mas’ullariga nisbatan boshlangan sud jarayoni nihoyasiga yetdi.

Sud hukmiga ko‘ra, jamiyat rahbari J.Bahodirov JKning tegishli moddalari bilan aybli deb topilib, 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi. 

Shuningdek, O.Mirzayev 7 yil va E.Qurbonov 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Bundan tashqari M.Gulmirzayeva (“Avto oltmish oy” bosh hisobchisi) 4 yil 11 oy 16 kunga ozodlikni cheklash jazosiga hukm qilindi. M.Hakimova esa JKning 70-moddasiga asosan jazodan ozod qilindi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur firma 3 oy muddat ichida “UzAuto Motors” avtomashinalarini yetkazib berishni va’da qilib, jami 18 mingdan ortiq fuqarodan 1 mln so‘mdan 10 mln so‘mgacha bo‘lgan miqdorda pul olib, jami 57 mlrd so‘m mablag‘ni qo‘lga kiritgan. 
Ushbu ish ortidan 2019-yil 21-oktyabr kuni jamiyat rahbariga nisbatan ayblov e’lon qilinib, qamoqqa olingan edi.