Avtoblogerga jarima yozmagan YPX inspektori va uning komandiriga “hayfsan” berildi

  • 14:52 / 30.03.2021
  • 67

Qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlangan avtoblogerga jarima yozmagan YPX inspektorlari jazolandi.

Toshkent shahar IIBB YHXB joriy yil 9-mart kuni ijtimoiy tarmoqda tarqalgan Toshkent shahrida YPX xodimi tomonidan haydovchi O.Mashrapovning avtomobili to‘xtatilib, unga qoidabuzarlik sodir etganligini aytgani, ammo haydovchiga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirmagani aks etgan videolavha (yuqorida, -tahr.) yuzasidan o‘tkazilgan xizmat tekshiruvi natijalarini e’lon qildi. 

 Unga ko‘ra, YPX xodimi F.Sayxamatovga hamda xodimini yetarli nazorat qilmagan IIBB YHXB YPXB maxsus divizion komandiri Dj.Mo‘minovga nisbatan “Hayfsan” intizomiy jazosi qo‘llanilgan.