Avtomobil “prava”siz boshqarilganda javobgarlikka tortmaslik taklif qilinmoqda

  • 10:27 / 01.04.2021
  • 59

“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida transport vositasini hujjatsiz boshqarganlik uchun javobgarlikka tortish amaliyotini bekor qilish taklif qilinmoqda. 

Taklif etuvchi tizimga zamonaviy raqamli texnologiyalarni joriy etish lozimligini nazarda tutib, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 135-moddasi 1-qismini quyidagicha:

“Transport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi hujjatlari yonida bo‘lmagan haydovchilarning transport vositalarini boshqarishi, agar mazkur hujjatlarning maxsus texnik vosita (planshet) yordamida haqiqatda mavjudligini aniqlashning imkoni bo‘lmagan taqdirda” deb tahrir qilinishini maqsadga muvofiq deb hisoblaydi.

Ma’lumot uchun, taklif ayni vaqtda 10 mingdan ortiq ovoz oldi. Bu esa ushbu taklifning Qonunchilik palatasiga kiritilshi uchun yetarli ovoz hisoblanadi.