Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisiga o‘rinbosarlar tayinlandi

  • 16:03 / 14.05.2021
  • 129

Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi.

Unga ko‘ra:

Shuxrat Baxtiyorovich Nazarov O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari etib;

Jamshid Yunusovich Tursunov O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisining o‘rinbosari etib;

Obid Choriyevich Adilov O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisining o‘rinbosari – bosh muhandis etib tayinlandi.

Teglar