Ayollar futboli. Oʻzbekiston Mongoliya darvozasiga 12 ta gol kiritdi

  • 18:41 / 20.09.2021
  • 96

Ayollar oʻrtasida Osiyo kubogi saralash bahslari davom ettirildi.

Ayni paytda yurtimizda 2022-yilgi Osiyo chempionati uchun saralash bahslari boʻlib oʻtmoqda. Mazkur musobaqaning “E” guruhi doirasida bugun Oʻzbekiston ayollar terma jamoasi mongoliyalik raqibalariga qarshi maydonga chiqishdi. 

Toshkentdagi “Paxtakor” markaziy oʻyingohida kechgan bahs vakillarimizning yirik 12:0 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi.

Uchrashuvda gollarga Lyudmila Karachik, Altuntuya Altansukh, Saida Galimova va Maftuna Shoyimova mualliflik qilgan boʻlsa, Diyoraxon Habibullayeva va Mahliyoxon Sarikova xet-trik, Nilufar Qudratova esa dublni oʻz hisobiga rasmiylashtirib qoʻydi.