Aziza Yoqubova: “Erim agar xiyonat qilsa, videosini yana tarqataman!”

  • 16:42 / 09.06.2021
  • 1058

Turmush oʻrtogʻining xiyonati ortidan u aks etgan videoroliklarni internet tarmogʻidagi sahifasida eʼlon qilgan, keyin esa eri bilan yarashib olgan aktrisa Aziza Yoquvoba muxlislarning oilaviy hayot haqidagi savollariga javob berdi. Muxlislardan biri aktrisaga “Nima uchun eringizni yomonlab, sharmanda qilib, u bilan qaytadan yarashib oldingiz?” deya savol bergan.

“Men hech kimni yomonlaganim yoʻq, haqiqatni aytdim. Qilgan ishlarimdan afsuslanmayman. Agar yana bir bor shunday holat takrorlansa, oʻsha ishni qaytadan qilgan boʻlardim. Nega endi biz ayollar doim azob chekishimiz kerak?”, dedi aktrisa.

Aziza Yoqubova 2020-yilning sentyabr oyida ikkinchi bor turmushga chiqqan edi. Ijodkor oradan bir muddat oʻtgach, turmush oʻrtogʻining boshqa ayol bilan sayr qilayotgani aks etgan videolavhani oʻzining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga joylashtirgan.