BAA arab davlatlari orasida birinchi bo‘lib AESga litsenziya oldi

  • 14:55 / 20.02.2020
  • 809

BAA Atomni tartibga solish federal agentligi “Barakah” AESning birinchi qismini ishga tushirish uchun litsenziya berdi. Bu haqda BAAning MAGATEdagi doimiy vakili va Direktorlar kengashi rahbari o‘rinbosari Hamad al-Kaabi ma’lum qildi.
“Biz AESning birinchi blogini ishga tushirish uchun litsenziya olganimizni rasman e’lon qilamiz. Bugun BAA uchun tarixiy kun, chunki u arab davlatlari orasida birinchi bo‘lib atom stansiyasiga ega bo‘ldi”, dedi al-Kaabi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, litsenziya olgandan so‘ng zavodni boshqarishga mas’ul bo‘lgan “Nawah Energiya” kompaniyasi uni tijorat asosida ishlashga tayyorlay boshlaydi.
Avvalroq BAA FANR Atom faoliyatini tartibga solish federal agentligi bosh direktori Kristofer Viktorson “Barakah” AESini 2020-yil boshida ishga tushirish mumkinligini aytdi. 
Birinchi arab AESini to‘rt reaktori bilan mamlakat g‘arbida Fors ko‘rfazi bo‘yida, mamlakat poytaxtidan 250 kilometr uzoqlikda ishga tushirish rejalashtirilmoqda. 
25 milliard dollar mablag‘ ketadigan elektrostansiya ishlari 2011-yilda boshlanib, 2017-yilda tugallanishi kerak edi.