BAAda 250 gramm vazn bilan tugʻilgan chaqaloq kasalxonadan chiqdi

  • 16:04 / 14.04.2021
  • 382

BAAda dunyodagi eng kichik vazn bilan tugʻilgan chaqaloqlardan biriga uyiga ketish uchun javob berildi.

Qizaloq 2020-yilning 24-iyun sanasida 250 gramm vazn bilan dunyoga kelgan. Bu vaqtda uning onasi homiladorlikning 24-haftasini boshdan kechirayotgan edi. Chaqaloqning boʻyi 29 santimetrni tashkil qilgan (yangi tugʻilgan chaqaloqlarning boʻyi odatda 27,5-60 santimetrga teng boʻladi).

Chaqaloqning ota-onasi unga Latifa deb ism berishdi. Qizaloq 177 kun davomida jonlantirish va intensiv terapiya boʻlimida boʻlgan. Ayni vaqtda uning ogʻirligi 3 825 grammga yetgan. U 2 oylik boʻlmaguniga qadar ota-onasiga ham qizlarini qoʻlga olish uchun ruxsat berilmagan.

Shifokorlarning aytishlaricha, bunday kichik vazn bilan chala tugʻilgan bolaning yashab ketishi — haqiqiy moʻjiza. Uning hayoti uchun jarrohlar, kardiologlar, oftalmolog, gematolog, fizioterapevt va nevrologlardan iborat boʻlgan mutaxassislar jamoasi kurashgan.