Banklarning muammoli kreditlari qoldig‘i 10 trln so‘mdan oshib ketdi

  • 09:55 / 29.04.2021
  • 161

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning 1-aprel holatiga banklarning muammoli kreditlari qoldig‘i 10 trln so‘mdan oshib ketdi.

Banklarning jami kreditlar qoldig‘i esa 2021-yil 1-aprel holatiga 283,5 trln so‘mni tashkil qilgan.
Shundan: 
– yuridik shaxslarning – 226,7 trln.so‘mlik
– jismoniy shaxslarning – 56,8 trln so‘mlik  kredit qoldiqlari mavjud.

Jismoniy shaxslarga ajratilgan kreditlar bo‘yicha:
–  29,4 trln so‘mlik ipoteka; 
–  12,1 trln so‘mlik avtokredit va iste’mol kreditlari; 
–  9,3 trln so‘mlik tadbirkorlik uchun ajratilgan kreditlari;
–  5,9 trln so‘mlik mikroqarz  bo‘yicha kredit qoldiqlari mavjud.

Shuningdek, kreditlar tarkibida muammoli kreditlar (NPL) miqdori 10,2 trln so‘mni tashkil qilib, jami kredit portfelining 3,6 foizini tashkil qilgan. 

Jumladan, xususiy banklardan:
– Hi-Tech bankning jami kredit portfeli 201 mlrd so‘mni tashkil qilib, shundan 179 mlrd so‘mi yoki 89,4 foizi muammoli kreditlarga (NPL) aylangan;
– Turkiston bankda kredit portfeli 703 mlrd so‘m, shundan muammoli kreditlari 610 mlrd so‘m yoki 86,7 foizni tashkil qilgan;
– Madad invest bankda kredit portfeli 123 mlrd so‘m, shundan muammoli kreditlari 57 mlrd so‘m yoki 46,6 foizni tashkil qilmoqda.

Bundan tashqari, davlat banklari orasida:
–  Poytaxt bankda kredit portfeli 104 mlrd so‘m, shundan muammoli kreditlari 7 mlrd so‘m yoki 7,1 foizni tashkil qilgan;
–  Ipoteka bankda kredit portfeli 24 trln 429 mlrd so‘m, shundan muammoli kreditlari 1 trln 139 mlrd so‘m yoki 4,7 foizni tashkil qilmoqda.
–  Aloqabankda kredit portfeli 5 trln 984 mlrd so‘m, shundan muammoli kreditlari 8 mlrd so‘m yoki 0,1 foizni tashkil qilmoqda.
Yil boshiga nisbatan muammoli kreditlar miqdori 4,4 trln so‘mga oshgan va bu asosan davlat banklari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.