Barcha rejalar barbod boʻlganda oʻzingizni qoʻlga olishga yordam beruvchi 5 tavsiya

  • 13:53 / 11.06.2021
  • 203

Inson hayotida turli vaziyatlar sodir boʻlishi tabiiy holat. Reja qilgan ishlaringiz birdagina chappasiga ketadi, oʻylagan narsalaringiz amalga oshmay qoladi. Quyidagi 5 tavsiya esa ana shunday vaziyatlarda ruhan tiklanish uchun yordam beradi:

1. Eng avvalo “Hammasi yaxshilikka” deng. Rejalaringiz amalga oshmagan boʻlsa, demak taqdiringiz shunday bitilgan. Qarshingizda sizni katta yutuqlar kutayotgani, ularga erishish uchun yanada kattaroq rejalar tuzishingiz haqida oʻylang. Har qanday holatda ham taqdirdan minnatdor boʻlishni oʻrganing.

2. Rejangiz sizga qanday foyda olib kelgan boʻlardi? Bu haqida oʻylab koʻring. Avvallari sizni qaygʻuga solgan hodisalar bugun hayotingizdagi ahamiyatini yoʻqotgan. Bugun sizni oʻylantirgan tashvishlar kelajakka taʼsir qilmasligini qabul qiling.

3. Oʻzingizni tushkunlik changaliga topshirib qoʻymaslik uchun biroz dam olishga harakat qiling. Qalbingizni muammolar bilan qiynamang, tabiat qoʻynida hordiq chiqaring. Eski muammolar haqida unutganingizdan keyin yangi rejalar tuzishga kirishishingiz mumkin boʻladi.

4. Qalbingiz halovatni istagan vaqtda oʻzingizni boshqa yumush bilan chalgʻiting. Bu kitob oʻqish, qoʻl mehnati bilan shugʻullanish, biror sport turi bo‘lishi mumkin. Muhimi, boʻsh qolmang, oʻzingizga tushkunlikka tushish uchun imkoniyat qoldirmang.

5. Amalga oshmagan ishlaringiz uchun boshqalarni ham, oʻzingizni ham ayblamay koʻrmang. Vaziyatni toʻgʻri qabul qiling, hayotdagi har bir omadsizlikni saboq deb biling.