Barno Qodirova hamkasbi Luiza Rasulova uni "kampir" deb kamsitgani haqida so‘zlab berdi 

  • 19:02 / 01.04.2021
  • 389

Aktrisa Barno Qodirova Luiza Rasulova uni “kampir” deb yerga urgani va bu ish uchun ijodkordan uzr so‘raganini aytib berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Luiza Rasulovaga rol va buning uchun kamroq gonorar taklif qilingan. Luiza Rasulova esa bunday pul evaziga rol ijro etmasligini aytib, “Bu pulga Barno Qodirovani taklif qilinglar, u kampir, rozi bo‘ladi” deya javob qaytargan.

O‘sha vaqtda kasalxonada yotgan Barno Qodirova Luizaning qilmishi haqida yaqinlaridan eshitgan. Oradan ko‘p o‘tmay turib, Luiza Rasulova aktrisaga qo‘ng‘iroq qilgancha kechirim so‘ragan va bu ishni o‘zi emas, dushmanlari qilganini aytgan.  

“Bunday gaplarga ahamiyat bermayman, ammo Luiza Rasulova yaqin o‘rtada menga yana bir bor “hujum” qilibdi. Bu gapning haqiqatga qanchalar yaqinligidan esa xabarim yo‘q” dedi aktrisa.