“Barsa” yarim himoyachisi Italiyaga qaytishi mumkin. Unga A seriyaning 3 grand klubi xaridor 

  • 10:40 / 17.07.2021
  • 70

“Barsa” yarim himoyachisi Italiyaga qaytishi mumkin. Unga A seriyaning 3 grand klubi xaridor 

Da’vogarlar orasida Italiya chempioni ham bor

Kataloniyaning “Barselona” klubi yarim himoyachi Miralem Pyanichning yuqori maoshi bilan muammoni hal qilishga urinmoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, “ko‘k-anorranglilar” 31 yoshli futbolchining ketishini tezlashtirish maqsadida unga ultimatum qo‘yishgan.

“Barsa” bosniyalikni ijaraga berish borasida uchun uchta taklif olgan. Ularning barchasi Italiyadan,  “Yuventus”, “Inter” va “Roma” klublari tomonidan yuborilgan, deb xabar bermoqda Diario Sport.

Ammo ushbu klublardan biriga o‘tish uchun futbolchi o‘zi olmoqchi bo‘lgan maoshini qisqarishiga rozi bo‘lishi talab etiladi. Pyanich esa hozircha bunga rozilik bildirmayapti. 
“Barcelona” bu masalani kelasi haftadan kechiktirmasdan hal qilishga umid qilmoqda.

Ma’lumot uchun, 2020-yilning kuzida 60 mln. yevro evaziga “Barselona” futbolchisiga aylangan Pyanich o‘tgan mavsum Kataloniya klubi bilan barcha musobaqalarda 30ta o‘yin o‘tkazishga muvaffaq bo‘lgan.