“Barselona” Antuan Grizmanni APlning ikkita klubiga taklif qildi

  • 14:16 / 22.07.2021
  • 53

“Barselona” hujumchi Antuan Grizmann chiqish eshiklarini ko‘rsatmoqchi.

Kataloniya klubi fransuzni sotib olish uchun, “Manchester Siti” va “Tottenhem” klublariga taklif qilgan. Oldinroq, “Barsa” Grizmanni Saulga, almashtirish borasida “Atletiko” bilan muzokara o‘tkazishga urinib ko‘rgan edi.

Futbolchining o‘zi faqat “Atletiko”ga qaytish variantini ko‘rib chiqmoqda. Grizmanga yaqin manbalarning ta’kidlashicha Antuan jamoa qiyin ahvolda bo‘lganligi sababli hech qanday sharoitda ketishga tayyor emas.

Fransiyalik hujumchining katta maoshi “Barselona” va boshqa klublar o‘rtasidagi muzokaralarda asosiy muammo hisoblanadi.

Ma’lumot uchun, o‘tgan mavsumda 30 yoshli futbolchi La Liga doirasida 36 uchrashuv o‘tkazib, 13 gol urdi va 7 golga uzatma amalga oshirdi.