“Barselona” murabbiyi Kuman o‘z lavozimidan bo‘shatiladi

  • 17:08 / 18.05.2021
  • 193

“Barselona” prezidenti Joan Laporta bosh murabbiy Ronald Kumanni sezon tugagach, ishdan bo‘shatishga qaror qildi. 

Jamoaning kelajagi omadsiz sezondan keyin xavf ostida turibdi. Klub rahbariyati allaqachon Kumanni o‘rniga boshqa murabbiy qidirishga kirishgan. 

So‘nggi beshta o‘yinning faqatgina bittasida “Barselona” g‘alaba qozongan. “Selta”ga 2:1 hisobida yutqazib qo‘ygani uchun "Barsa" chempionlikdan butkul mahrum bo‘ldi. Hozirda jamoa La Liga’da uchinchi o‘rinda ketmoqda. Zaxirasida bitta o‘yini bor “Atletiko” turnirda yetakchilik qilmoqda, ikkinchi o‘rinni “qirollik” klubi band qilib turibdi.

“Barselona” keyingi bahsini 22-may kuni “Eybar”ga qarshi o‘tkazadi.