“Barselona” prezidenti Dembele bilan shartnomani uzaytirish ustida ishlamoqda

  • 19:39 / 22.09.2021
  • 60

“Koʻk-anorranglilar” fransuz futbolchisiga necha yillik kelishuv taklif etmoqchi ekanligi maʼlum.

“Barselona” prezidenti Joan Laporta hujumchi Usman Dembele bilan shartnomani uzaytirish ustida ishlamoqda. U shaxsan futbolchi va futbolchining agenti bilan uchrashdi, deb xabar bergan Sport.es.

Fransuz futbolchisining amaldagi shartnomasi kelasi yilning 30-iyunida tugaydi, shuning uchun Kataloniya klubi qishki transfer oynasida boshqa klublar futbolchini yoʻldan ozdirmasligi uchun shartnomani uzaytirishga shoshilmoqda.

Qayd etilishicha, “Barselona” Dembelening jarohatlar seriyasiga qaramay, yana ikki yillik hamkorlikni taklif qilmoqchi.

Dembele 2017-yilning yozidan buyon “Barselona”da toʻp tepib keladi.