“Barselona” va “Manchester Siti” o‘zaro futbolchilar almashinuviga qo‘l urishi mumkin

  • 18:01 / 15.06.2021
  • 352

Kataloniyaning “Barselona” jamoasi o‘zining ikki o‘yinchisi evaziga “Manchester Siti”ning ikki futbolchisini jamoaga olib kelmoqchi. 
 
Bir hafta oldin “Barselona” prezidenti Joan Laporta va klub direktori Mateu Alemani “Man Siti” bosh murabbiyi Pep Gvardiola bilan uchrashib, 4 futbolchi, Usmon Dembele va Serxio Roberto hamda Joau Kanselu va Bernardu Silvalarning kelajagini muhokama qilishdi.

Garchi har ikkala futbolchining “Manchester Siti” bilan shartnomasi 2025-yil iyungacha amal qilsa-da, ular “Barselona”ga o‘tishga qarshi emas. Bundan tashqari, ushbu o‘yinchilar “Barsa”ning hozirgi rahbariyati bilan juda yaxshi munosabatda bo‘lgan agent Xorxe Mendeshning mijozlari hisoblanishadi. 

Bu yog‘iga, kataloniyaliklar Dembele va Robertoning “Manchester Siti”ga o‘tishga rozi ekanliklariga ishonch hosil qilishlari kerak, chunki ushbu futbolchilarning klub bilan shartnomalari 2022-yil yozida tugaydi va yanvarda ular erkin agent maqomida transfer bozorida muzokara olib borishlari mumkin.

Pep Gvardiola uzoq vaqtdan buyon Robertoni sotib olish niyatida, chunki unga futbolchining taktik tayyorgarligi va uning turli pozitsiyalarda o‘ynay olish qobiliyati yoqadi.

Dembeleni esa “Manchester Siti”ga o‘tishga rozi bo‘lishga ko‘ndirish qiyin bo‘ladi. “Barsa” futbolchini amaldagi kelishuv muddati tugashini kutishni va yangi klubga tekinga o‘tishni istayapti deb gumon qilmoqda.

Hozirda ikkala klub ham kelishuv ustida ishlamoqda.