“Barselona” va “Manchester Yunayted”ning sobiq ustozi Niderlandiya termasi bosh murabbiyligiga qaytadi

  • 10:59 / 12.07.2021
  • 117

Lui Van Gal Niderlandiya terma jamoasini 3-marta boshqaradi. Shartnoma 2 yilga imzolanishi kutilmoqda. 

“Ayaks”, “Barselona” va “Manchester Yunayted”ning sobiq ustozi Lui Van Gal Niderlandiya terma jamoasini boshqaradi.

Niderlandiya Qirollik futbol assotsiatsiyasi rahbariyati bo‘sh qolgan lavozimga 69 yoshli murabbiyni tanlab oldi. Insayder Nikolo Shkiraning ma’lum qilishicha, shartnoma 2 yilga mo‘ljallangan.

Eslatib o‘tish joiz, termaning avvalgi bosh murabbiyi Frank de Bur Niderlandiya termasi Chexiyaga yutqazib (0:2), Yevropa chempionatining 1/8 finalida musobaqani tark etganidan keyin o‘z lavozimidan ozod etilgan edi. 

Qayd etish mumkin, Van Gal avval ham, 2000 hamda 2002-yillarda terma jamoa bilan ikki marta ishlagan. 10 yildan so‘ng u yana terma jamoani qabul qildi. Uning boshchiligida, “lolalar” Braziliyada bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida 3-o‘rinni egallagan edi.