“Barselona” yozgi transfer oynasi vaqtida 3 futbolchisi bilan xayrlashadi

  • 22:48 / 17.07.2021
  • 116

Kataloniyaning “Barselona” klubi yozgi transfer oynasida bir nechta futbolchilar bilan xayrlashmoqchi. Bu haqda Mundo Deportivo xabar bermoqda.

Manbaning ta’kidlashicha, “ko‘k-anorranglilar” ish haqlarini tushirmoqchi. Kataloniya grand klubini  himoyachi Samuel Umtiti, yarim himoyachi Miralem Pyanich hamda hujumchi Martin Breytueyt tark etishi mumkin.

Oldinroq turinning “Yuventus” Pyanichni qaytarishni istayotgani va nomi oshkor qilinmagan Rossiya klubi Breytueytning xizmatlariga qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ispaniya chempionatining o‘tgan mavsumida Kataloniya klubi Ispaniya La Ligasida 79 ochko to‘plagan holda, uchinchi o‘rinni egallagan edi.