“Bavariya” “Chelsi” himoyachisini oʻz safiga qoʻshib olmoqchi

  • 19:52 / 22.09.2021
  • 70

“Bavariya” “Chelsi”ning germaniyalik himoyachisi Antonio Ryudigerga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Bild xabar bergan.

Maʼlum qilinishicha, Myunxen klubi rahbariyati “aristokratlar”ga rasmiy taklif yuborgan, ammo London klubi xoʻjayinlarining pozitsiyasi hali nomaʼlumligicha qolmoqda.

Qayd etilishicha, germaniyalik himoyachi yangi shartnoma shartlari boʻyicha “Chelsi” bilan kelisha olmayapti. Futbolchi oylik maoshini haftasiga 120 ming funtdan 200 minggacha oshirilishni talab qilmoqda.

Eslatib oʻtish mumkin, Ryudigerning “Chelsi” bilan amaldagi shartnomasi kelasi yoz yakuniga etadi. Yanvar oyida esa himoyachi boshqa klublar bilan erkin muzokara oʻtkazishi mumkin boʻladi.