Bayden: “AQSh oʻz harbiylarini Afgʻonistondan chiqarishni boshlaydi”

  • 16:58 / 15.04.2021
  • 97

AQSh prezidenti Jo Bayden Amerika oʻz harbiylarini Afgʻoniston hududidan chiqara boshlashi haqida maʼlum qildi. Jarayon 1-may sanasidan boshlanadi va 11-sentyabrga qadar davom etadi.

Baydenning aytishicha, amerikaliklarning uyga qaytadigan vaqtlari boʻldi.

“AQSh tarixidagi eng uzoq davom etgan urushga choʻk qoʻyish fursati yetdi”, dedi prezident bu haqida.

Siyosatchi AQSh harbiylari mintaqani ittifoqdoshlar bilan harakatlarni muvofiqlashtirgan tarzda tark etishlarini maʼlum qilgan. Bayden, shuningdek tolibonlar qoʻshinga hujum qilishga urinadigan boʻlsalar, AQSh “ixtiyoridagi barcha vositalar” bilan javob qaytarishiga vaʼda bergan.