Bayden ilk marta xorijlik hamkasbi bilan shaxsiy uchrashuv oʻtkazadi

  • 14:22 / 13.04.2021
  • 89

 

Yaponiya bosh vaziri Yosixide Suga 15-18-aprel kunlari davlat tashrifi bilan AQShga boradi. 16-aprel kuni esa Vashingtonda Jozef Bayden bilan muzokara oʻtkazadi.

“Bosh vazir Suga prezident Baydenning u bilan shaxsan uchrashuv oʻtkazadigan birinchi xorijlik hamkasbi boʻladi”, deyiladi xabarda.

Uchrashuvda AQSh va Yaponiyaning Xitoyga nisbatan siyosatini muvofiqlashtirish, Koreya yarimoroli atrofidagi vaziyat, pandemiyaga qarshi kurashish choralari, u bilan bogʻliq boʻlgan global iqtisodiy muammolar masalasi muhokama qilinadi.