Bayden Kim Chen In bilan uchrashuv shartini aytdi

  • 10:23 / 22.05.2021
  • 285

AQSh prezidenti Jo Bayden Kim Chen In yadroviy quroldan voz kechadigan boʻlsa, u bilan uchrashishga tayyor ekanligini bildirdi.

“Agar u maʼlum shartlarni bajarsa, aniqrogʻi qoʻl ostidagi yadroviy quroldan voz kechsa, u bilan uchrashgan boʻlardim”, dedi Bayden Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In bilan muloqot qilgandan keyin.

Siyosatchi Pxenyan uchrashuvlarga qadar “deeskalatsiya majburiyatlari”ni ham bajarishi kerakligini aytgan.

“Men jamoamning shimoliy koreyalik hamkasblari bilan uchrashib, ularga bizning niyatimiz qanday ekanligini tushuntirishlarini taʼminlayman”, dedi Bayden.

Prezident shuningdek, Kim Chen Inga u istaganidek xalqaro miqyosida tan olinishi uchun kerakli hamma narsani bermasligini ham qoʻshimcha qilgan.