Bayden Putinni yaqin kunlarda muzokara o‘tkazishga chaqirdi

  • 09:40 / 14.04.2021
  • 97

13-aprel kuni AQSh prezidenti Jo Bayden Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu Bayden prezident lavozimida ish boshlaganidan keyingi ikkinchi suhbat bo‘lgan.

Bayden Rossiya yetakchisiga yaqin kunlarda uchinchi mamlakatda uchrashishni taklif qilgan. Muzokaralar davomida Vashington va Moskva o‘rtasidagi barcha muammolarni muhokama qilib olish rejalashtirilgan.

Ikki davlat rahbari Donbassdagi vaziyatning keskinlashgani masalasiga ham to‘xtalishdi. Bayden Moskvani Ukraina chegaralaridagi bosimni kamaytirishga chaqirgan. Putin esa Ukraina sharqidagi vaziyatni siyosiy jihatdan tartibga solish bo‘yicha Minsk “chora-tadbirlari to‘plami”ni bayon qilgan.