Bayden Rossiya bilan munosabatlarni rus maqoli tamoyili asosida olib borishga qaror qildi

  • 16:30 / 15.06.2021
  • 288

AQSh prezidenti Jo Bayden Rossiya bilan aynan rus maqoli tamoyilida ish ko‘rish kerak, deb hisoblaydi. “Ishoning, lekin tekshiring” maqoli Baydenning rejalarida aks etadi. Bu haqda Oq uy matbuot xizmati xabar bermoqda.

Baydenning so‘zlariga ko‘ra, gap ishonch haqida emas, kelishuv haqida ketmoqda. U raqiblar bilan shartnoma tuzayotganda ularga ishonish emas, balki shartnomadan ko‘p narsa kutayotganingizni bildirib, shartnoma shartlariga amal qilinmasa, uni bekor qilish haqida aytish kerak, deb hisoblaydi.

Avvalroq, AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha yordamchisi Jeyk Sallivan AQShning Rossiya bilan Suriya va Arktika, shuningdek, strategik barqarorlik sohasida hamkorlik qilishga tayyorligini e‘lon qilgandi