Bektemir Meliqo‘ziyev amerikalik bokschiga qarshi jang qiladi

  • 17:09 / 18.06.2021
  • 352

Ertaga, 19-iyun kuni AQShning Texas shtatidagi “Don Haskins Center” arenasida professional boks oqshomi bo‘lib o‘tadi.

Mazkur kechada o‘zbekistonlik bokschi, 2016-yilgi Rio olimpiadasi sovrindori Bektemir Meliqo‘ziyev amerikalik Gabriel Rosadoga qarshi ringga ko‘tariladi. 

Ushbu to‘qnashuv 12 raundga belgilangan bo‘lib, kurash WBA Continental Americas hamda WBO Intercontinental mintaqaviy kamarlari uchun kechadi.

Ma‘lumot o‘rnida, Gabriel Rosado profboksda jami 40ta jang o'tkazgan bo‘lib, g‘alabali 25ta jangning 14tasi nokaut orqali qo‘lga kiritilgan. Qolgan 11 jangda esa Rosado mag‘lubiyatga uchragan.

O‘zbekistonlik bokschi Bektemir Meliqo‘ziyev hozircha prof ringda 7ta jang o‘tkazib, barchasida g‘alaba qozongan. Shundan oltitasini nokaut bilan yakunlagan. Bugun ikkala bokschi, jang oldidan matbuot anjumanida ishtirok etib, ilk bora nigohlar to‘qnashuvini amalga oshirishdi.