Bektemir Meliqo‘ziyev navbatdagi jangida dahshatli nokautga uchradi (video)

  • 09:08 / 20.06.2021
  • 1203

Avval xabar berilganidek, Bektemir Meliqo‘ziyev bugun tongda AQShning Texas shtatida bo‘lib o‘tgan professional jang oqshomida Gabriel Rosadoga qarshi ringga ko‘tarildi.

Dastlabki, raundlarda Bektemir faol harakat qilib, tashabbusmorlik namoyish etdi. Hatto, bir marotaba raqibini nokdaun holatiga ham tushira oldi. Biroq, uchinchi raundning boshida, raqibdan kuchli zarba o‘tkazib yuborgan Meliqo‘ziyev nokaut holatiga tushdi va jangni davom ettira olmadi. Shu tariqa o‘zbekistonlik bokschi professional boksdagi ilk mag‘lubiyatini o‘zining 8-jangida qabul qilib oldi.

Gabriel Rosado (26-13-1, 15KO) esa o‘zining 26-g‘alabasini nishonladi.