Belorussiyalik jurnalist Roman Protasevich uy qamogʻiga joylashtirildi

  • 17:49 / 25.06.2021
  • 160

Minskda qoʻlga olingan jurnalist, NEXTA Telegram-kanali sobiq bosh muharriri Roman Protasevich uy qamogʻiga joylashtirildi. Bu haqida jurnalistning otasi maʼlum qilgan.

“Hukumat harakatlari, ularning maqsadlari qanday ekanligini izohlash men uchun qiyin. Balki siyosiy oʻyin ketayotgandir”, dedi jurnalistning otasi. Uning aytishicha, ayni vaqtda advokatlar ham, hukumat vakillari ham boʻlayotgan voqealar xususida hech narsa deyishmayapti.

Protasevich bilan birgalikda qoʻlga olingan Rossiya fuqarosi, Roman Protasevichning sevgan qizi Sofya Sapega ham uy qamogʻiga joylashtirilgan.