Benksining bir qismi maydalangan asari 6 barobar qimmat narxda kimoshdi savdosiga qoʻyiladi

  • 11:20 / 05.09.2021
  • 195

Shaxsi nomaʼlum boʻlgan graffiti rassomi Benksining “Pufak tutgan qizaloq” asari yana bir bor kim oshdi savdosiga qoʻyiladi. Bu safar asarning boshlangʻich narxi bir necha barobar qimmatroq boʻladi.

2018-yilda “Pufak tutgan qizaloq” asari “Sothebyʼs” auksioniga 1 million funt sterling narxida sotuvga qoʻyilgandi. Ammo, asar sotilishi bilanoq polotno savdo zalining oʻzida ramkaga oʻrnatilgan maydalagichdan oʻtkazilgan. Shundan keyin asarga “Chiqindi chelagi ichidagi muhabbat” deb nom berilgan, asarning narxi esa bir necha yil ichida 6 karra oshib ketgan.

Maʼlumotlarga koʻra, kimoshdi savdosi 14-oktyabr kuni bundan 3 yil avval auksion boʻlib oʻtgan va asar “Pufak tutgan qizaloq”dan “Chiqindi chelagi ichidagi muhabbat”ga aylangan zalda oʻtkaziladi.