Berlinda $3 millionlik oltin burger namoyish etildi

  • 17:04 / 20.09.2021
  • 132

15-19-sentyabr kunlari Germaniyada Sanʼat haftaligi boʻlib oʻtdi. Haftalikning eng mashhur eksponati esa germaniyalik rassom va zargar Tim Bengelning ishi boʻldi. Rassom tomonidan taqdim etilgan qimmatbaho burger 18 karatli 10 kilogramm oltin bilan qoplangan. Uning ichida pomidor boʻlaklari, piyoz halqalari va avokado bor. Ekspertlar burgerni 3 million dollarga baholashgan.

Burger 3D-printeri yordamida suyuq oltin asosida chop etilgan. U haqiqiy burgerning ayni nusxasi boʻlib, 27 ta elementdan iborat. Taʼkidlash kerakki, burger isteʼmolga yaroqli emas.

Rassom oʻz ijod mahsuliga “Kim abadiy yashashni istaydi?” deb nom bergan. Uning taʼkidlashicha, oltin burger yordamida odamlarga “ushbu davr avlodlari ruhini yetkazish”ni maqsad qilgan.

Antiqa burger Berlin sanʼat haftaligidan keyin dunyoning boshqa mamlakatlaridagi koʻrgazmalarda ham namoyish etiladi.