Berrak Tuzyunatach: “Yaqin orada farzand ko‘rishni istamayman!”

  • 17:00 / 02.04.2021
  • 182

“Muhtasham yuz yil” serialidagi Mehriniso obrazi orqali ko‘pchilikka tanish bo‘lgan aktrisa Berrak Tuzyunatach yaqin kelajakda farzand ko‘rish niyati yo‘qligini ma’lum qildi. 

“Farzand ko‘rish uchun ichki turtkini his qilmayapman. Har bir inson avvalo o‘zi bilan shug‘ullanishi kerak, keyin esa farzand ko‘rishi lozim. Men hech qachon o‘zimga qarata “Berrak, yoshing bir joyga bordi, farzandli bo‘lish kerak”, deb aytmaganman. Bunday yondashuv haqida gap bo‘lishi mumkin emas. Agar o‘zimni onalikka tayyor deb bilsam, ana shunda farzand dunyoga keltiraman. Hozircha esa yo‘q”, dedi aktrisa. 

Ma’lumot uchun, Berrak Tuzyunatach Turkiyadagi eng talabgir aktrisalardan biri hisoblanadi. U aktrisalikdan tashqari teleboshlovchilik hamda modellik faoliyati bilan tanilgan. Ijodkor ayni vaqtda taniqli aktyor Birkan Sokulli bilan uchrashadi.