Betakror Tuvalu haqida qiziqarli 10 fakt

  • 15:37 / 19.07.2021
  • 214

Tuvalu – Tinch okeanining janubi-gʻarbiy qismida joylashgan kichikkina mamlakat. U aholi soni o'ta kam bo'lgan dunyodagi uchta mamlakatning biri hisoblanadi. Tuvalu hududida bor-yoʻgʻi 11 000 kishi yashaydi, xolos.

1. Tuvalu 6 ta atoll hamda 3 ta oroldan iborat boʻlgan mamlakat. Bu yerdagi asfalt qilingan yoʻllarning umumiy uzunligi 8 kilometrni tashkil qiladi.

2. Tuvalu davlatida bittagina boshlangʻich va bitta yuqori maktab mavjud.

3. Mamlakatning rasmiy hukmdori – Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II hisoblanadi.

4. Tuvalu hududidagi quruqlik yerlari maydoni 26 km² ni tashkil qiladi.

5. Tuvaludagi yagona rasmiy savdo-sotiq nuqtasi – Funafuti orolidagi supermarket hisoblanadi. Ushbu supermarketda esdalik buyumlari ham yetarlicha.

6. Mamlakat uzoq yillar davomida Buyuk Britaniya mustamlakasi boʻlgan va 1978-yilga kelib mustaqillikka erishgan.

7. Tuvalu sayyohlarni betakror ekzotik tabiat manzaralari bilan kutib oladi: mamlakat hududida moviy koʻllar, ulkan palma daraxtlari haddan tashqari koʻp.

8. Tuvalu dunyodagi eng nochor mamlakatlar qatoriga kiradi, ammo bu yerning odamlari nochorlikda hayot kechirishmaydi. Tuvaluda ochlik ham, jiddiy ijtimoiy muammolar ham yoʻq.

9. Mamlakatda siyosiy partiyalar hamda qurolli kuchlar mavjud emas. Mamlakat byudjetidan qoʻshin uchun mablagʻ ajratilmaydi.

10. Tuvalu hududidagi yagona aeroport Funafutida joylashgan. U xalqaro aeroport boʻlgani bilan, bu yerdan faqatgina qoʻshni Fiji hamda Kiribatiga reyslar bor, xolos. Aeroport kichik bino va yagona uchish-qoʻnish yoʻlagidan iborat.